Ravish fe’l (ish-harakat)ning belgisini bildiradi hamda ish-harakat qanday usluda, qayday qilib bajarilganligini bildiradi. Quyidagi misollarda ravishning ishlatilishiga e’tibor bering:
- U eshikni sekin ochdi.
- Biz baland ovozda gapirdik.
- Siz juda tez gapirayapsiz.
Ingliz tilida ravish sifatga “-ly” qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi. Masalan:
- He speaks English very fluently – U ingliz tilida juda ravon gapiradi. (“fluent”-”ravon”. “fluently-ravon”(ravish))
- They came in quietly – Ular sekin kirishdi. (“quietly” – sekin. Ish-harakat qanday sodir etilganligini bildiradi).
- She drives the car very badly – U mashinani juda yomon haydaydi.
Ingliz tilida ravish fe’ldan keyin ishlatiladi. Yuqoridagi misollarda buning guvohi bo’lishingiz mumkin.
Ingliz tilidagi barcha sifatga ham “-ly” qo’shimchasini qo’shish orqali ravish yasalavermaydi. Quyidagi 4 ta sifatga hech qachon ravish yasash uchun “-ly” qo’shimchasi qo’shilmaydi. Bu sifatlar ham ravish ham sifat o’rnida shakli o’zgarmasdan ishlatilaveradi.
FAST – TEZ;
HARD – QATTIQ, OG’IR;
LATE – KECH;
EARLY – ERTA.
Misollarga e’tibor qiling:
- He drives very fast – U juda tez haydaydi (“fast” – ravish).
- They came very late – Ular juda kech kelishdi (“late” – ravish).
- I am working hard – Men qattiq ishlayapman.
- You must come early – Siz erta (vaqtidan oldin) kelishingiz kerak.
Bundan tashqari “GOOD” (yaxshi) sifatining ravish shakli “WELL” bo’ladi. Misolga e’tibor bering:
Tom plays tennis very well – Tom tennisni juda yaxshi o’ynaydi.
“WELL” so’zi har doim ravish vazifasida ishlatiladi, bu so’z faqatgina sog’lik ma’nosida sifat tarzida ishlatilishi mumkin. Masalan:
My brother is not very well at the moment – Ayni vaqtda mening akam juda yaxshi emas (sog’lom emas).
Ravish haqidagi savollaringizga javob berishdan har doim xursandman!