Ingliz tilida qisqa javoblar huddi o’zbek tilida bo’lgani kabi so’roq gapga nisbatan “XA” yoki “YO’Q” deb javob qaytarish uchun ishlatiladi. Bu qisqa javoblar YES yoki NO shaklida bo’ladi.
Ingliz tilida qisqa javoblar qaytarish uchun avval XA yoki YO’Q so’zlari, ya’ni YES yoki NO yoziladi hamda ulardan keyin vergul qo’yiladi. Verguldan keyin so’roq gapdagi ega kishilik olmoshi ko’rinishida yoziladi va undan keyin so’roq gapda ishtirok etgan fe’l javob tasdiq bo’lsa darak shaklida, agar javob inkor bo’lsa inkor shaklida yoziladi.
Qisqa javoblarning ingliz tili grammatikasida ishlatilishi quyidagi oddiy qoida asosida amalga oshiriladi:
Qaysi fe’l bilan savol berilsa, shu fe’l bilan javob qaytariladi.
Qisqa javoblarning yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra ishlatilishini quyidagi misollarda ko’rib chiqamiz. Har bir misolda qisqa javoblarning yuqoridagi qoidalarga asosan berilayotganligiga e’tibor bering:
- Do you want to go to London? – Yes, I do. - Londonga borishni xohlaysizmi? – Xa
- Is Tom at home? – No, he isn’t. - Tom uydami? – Yo’q.
- Are they playing football? – Yes, they are. - Ular futbol o’ynashayaptimi? – Xa
- Did she make a cake yesterday? – No, she didn’t. - U kecha tort pishirdimi? – Yo’q.