Sanoq sonlar sanaladigan otlarni sanash va ularning sonini ko’rsatishda ishlatiladi. Mana ingliz tilidagi sanoq sonlar:
- 1 – one
- 2 – two
- 3 – three
- 4 – four
- 5 – five
- 6 – six
- 7 – seven
- 8 – eight
- 9 – nine
- 10 – ten
- 11 – eleven
- 12 – twelve
- 13 – thirteen
- 14 – fourteen
- 20 – twenty
- 30 – thirty
- 100 – hundred
- 1000 – housand
- 1 000 000 – million
- 1 000 000 000 – billion
O’nlik sanoq sonlarda 13 dan boshlab 19 gacha songa “-teen” qo’shimchasi qo’shib aytiladi (yuqoridagi ro’yxatga qarang). 20 dan boshlab 90 gacha, barcha o’nlik sonlarga “-ty” qo’shimchasi qo’shiladi.
Tartib sonlar otlarning tartibini ifodalab keladi. Ingliz tilida tartib sonlarning o’zbek tilidagi “-inchi” qo’shimchasiga to’g'ri keluvchi qo’shimchasi “-th” hisoblanadi. Masalan: 5 th – 5 inchi. Faqatgina 1-, 2-, va 3- tartib sonlar quyidagicha yoziladi:
- 1 st (first – birinchi)
- 2 nd (second – ikkinchi)
- 3 rd (third – uchinchi)
Hammamizga maktab davridan ma’lumki, sana yozilayotganda kun sanasini bildiruvchi tartib son tepasiga o’zbek tilidagi “-inchi” qo’shimchasiga to’g'ri keluvchi qo’shimcha qo’shilar edi. Masalan: 24 th of October – 24 inchi Oktyabr; 21 st of October – 21 inchi Oktyabr. Umid qilamanki, yuqoridagi tartib son qo’shimchalari haqida bilib olganingizdan so’ng bu qo’simchalarni to’g'ri tanlashga qiynalmaysiz.