Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

Infinitiv (Infinitive)





Infinitiv
 – bu fe’lning shaxssiz, hech qanday zamon, shaxs yoki maylda tuslanmagan, hech qanday qo’shimchalar qo’shilmagan sof shaklidir.

Ingliz tilidagi infinitiv haqida gapirishdan avval grammatikadagi infinitiv tushunchasini o’zbek tilida ko’rib chiqamiz.

Infinitiv – bu eng birinchi o’rinda fe’l degani.

O’zbek tilida biror fe’lni misol qilib olaylik. Masalan, “ishlamoq” fe’li. Bu yerda fe’l infinitiv (sof, toza, tuslanmagan) holatda ishlatilayapti. Agar biz “Men kecha ishladim” desak, bunda endi “ishladim” so’zi infinitiv fe’l hisoblanmaydi. Chunki u ham zamonda (o’tgan zamon), ham shaxs-sonda (birinchi shaxs, birlik) tuslangan. “Ular ishlashadi“, “Biz ishlagan edik” yoki “Siz ishlayapsizmi?” gaplaridagi fe’lning birortasi ham infinitiv holatda emas. Ular yoki zamon, yoki shaxs-son, yoki hammasida tuslangandir. Bu fe’llarning infinitiv shakli “ishlamoq” so’zi bo’lib qoladi.

Ingliz tilida ham, huddi o’zbek tilida bo’lgani kabi, fe’llarning zamon, shaxs-son, maylda tuslangan va tuslanmagan (infinitiv) shakli bo’ladi. Ingliz tilida fe’lning infinitiv shaklda yoki bunday shaklda emas ekanligini asosan fe’lga qo’shilgan qo’shimchalar hamda fe’l o’zagining o’zgarganligi orqali bilib olishimiz mumkin.

Ingliz tilida infinitiv fe’l ikki hil bo’ladi: “TO” yuklamasi oladigan va “TO” yuklamasisiz ishlatiladigan infinitiv fe’llar. Masalan, “work” so’zining o’zi ham, fe’lning yuklama bilan “to work” bo’lib kelishi ham infinitiv shakl hisoblanadi.

Ingliz tilida infinitiv shakldagi fe’lning qachon “to” yuklamasi bilan, qachon yuklamasiz ishlatishning alohida qoidalari mavjud. Asosan, infinitiv quidagi hollarda “to” yuklamasi bilan birga ishlatiladi:

  • Maxsus fe’llardan keyin kelganda (masalan, want, desire, hope, remember, va h.k.);
  • Murakkab to’ldiruvchili fe’llardan keyin kelganda. Maslan, “I want you to come home” degan gapda “come” fe’li murakkab to’ldiruvchili fe’l “want you” dan keyin kelgan holatda o’zidan oldin “to” yuklamasini olayapti;
  • Sifatlardan keyin.

Ingliz tilidagi infinitiv fe’llar o’zbek tiliga “-moq” qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. Maqsadni ifodalagan infinitiv fe’llar “-moqlik uchun” deb ham tarjima qilinishi mumkin. Masalan:

We came here to help you – Biz bu yerga sizga yordam bermoqlik uchun keldik.

Yuqorida yozganlarim infinitiv fe’llar haqidagi eng tor qamrovli tushuncha hisoblanadi. Bu yerda fe’lning asosiy jihatlarinigina yoritganman, chuqurlashtirib o’rganilganda esa infinitiv mavzusida tushunib olishimiz kerak bo’lgan muhim jihatlar juda ko’p. 

 

12.12.2013
Просмотров (785)