Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

Ingliz tilida sifat

Sifat otning belgisini bildiradi va bizga otning qanday ekanligi haqida ma’lumot beradi.

Keling, mana bu rasmdagi mashinaga sifat berib ko’raylik:



1. (qanday mashina?) - Sariq mashina.

2. (qanday mashina?) – Kichik mashina.

3. (qanday mashina?) – G’alati mashina.

4. (qanday mashina?) – Foydasiz mashina.

Yuqoridagi “sariq”, “kichik”, “g’alati”, “foydasiz” degan so’zlar grammatikada sifat deyiladi.

Sifatning 3 xil darajasi bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja va orttirma daraja.

Keling, endi quyidagi uchta mashinani yaxshiligi bo’yicha uchta darajaga joylashtirib chiqaylik. Mana mashinalar:




Uchalasi ham yaxshi mashina, lekin biz bu uchalasini yaxshiyaxshiroq va eng yaxshi mashina sifatida darajalab chiqishimiz kerak. Avval oddiysidan boshlaymiz:


(qanday mashina?) Bu yaxshi mashina. “Yaxshi” – bu oddiy darajadagi sifat.



(qanday mashina?) Bu yaxshiroq mashina. “Yaxshiroq” – bu qiyosiy darajadagi sifat. Bu sifatni biz hozirgi mashinani avvalgi mashinaga qiyoslash natijasida hosil qildik. Bir mashina ikkinchisiga nisbatan yaxshiroqbo’ldi.



(qanday mashina?) Bu eng yaxshi mashina. “Eng yaxshi” – bu ottirma darajadagi sifat. Orttirma darajadagi sifat ikki yoki undan ortiq narsalarni o’zaro qiyoslash va ular orasidan bitta ENG yaxshi, ENG chiroyli, ENG katta, ENG, ENG,ENG… ni tanlash orqali hosil qilinadi.

 

Ingliz tilida ham sifat, huddi o’zbek tilidagidek, otning belgisini bildiradi. Ingliz tilida sifat har doim otdan oldin ishlatiladi. Masalan: small car (kichik mashina), important subject (muhim fan).

Turiga ko’ra ingliz tilida ikki hil sifat bor: bir bog’inli va ko’p bo’g’inli.

Masalan: small car (kichik mashina) - bir bo’g’inli sifat;

important subject (muhim fan) – ko’p bo’g’inli sifat.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning uch hil darajasi bo’ladi: oddiy, qiyosiy va orttirma.

BIR BO’G’INLI SIFATLARNING DARAJALANISHI

1. Bir bo’g’inli sifatlarning oddiy darajasida sifatga hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi va sifatning o’zi yoziladi. Masalan:

Small car – kichik mashina. Big garden - katta bog’. Strong man – kuchli odam.

2. Bir bo’g’inli sifatlarning qiyosiy darajasida sifatga “-er” qo’shimchasi qo’shiladi. Bu qo’shimcha o’zbek tilidagi “-roq” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. Masalan:

Smaller car – kichikroq mashina. Bigger garden – kattaroq bog’. Stronger man – kuchliroq odam.

3. Bir bo’g’inli sifatlarning orttirma darajasini yasash uchun sifatga “-est” qo’shimchasi qo’shiladi va har doim ottirma darajadagi sifatdan oldin “the” aniq artikli qo’yiladi. Ingliz tilidagi “-est” qo’shimchasi o’zbek tilidagi “eng” so’ziga to’g’ri keladi. Masalan:

The smallest car – eng kichik mashina. The biggest garden – eng katta bog’. The strongest man – engkuchli odam.

KO’P BO’G’INLI SIFATLARNING DARAJALANISHI

1. Ko’p bo’g’inli sifatlarning oddiy darajasida sifatga hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi, sifatning o’zi yoziladi. Masalan:

Important subject – muhim fan. Beautiful girl – chiroyli qiz. Difficult task – qiyin vazifa.

2. Ko’p bo’g’inli sifatlarning qiyosiy darajasini yasash uchun ko’p bo’g’inli sifatdan oldin “more” so’zi qo’yiladi. Bu o’zbek tilidagi “-roq” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. Masalan:

More important subject – muhimroq fan. More beautiful girl – chiroyliroq qiz. More difficult task – qiyinroqvazifa.

3. Ko’p bo’g’inli sifatlarning orttirma darajasida sifatdan oldin “the” aniq artikli va “most” so’zi qo’yiladi. Bu ma’no jihatidan o’zbek tilidagi “eng” so’ziga to’g’ri keladi. Masalan:

The most important subject – eng muhim fan. The most beautiful girl – eng chiroyli qiz. The most difficult task – eng qiyin vazifa.

O’ZAGIDAN O’ZGARIB DARAJALANUVCHI SIFATLAR

Ingliz tilidagi ba’zi sifatlarning darajalanishi yuqoridagi qoidalarga bo’ysunmaydi. Bunday sifatlar sifat o’zagining to’liq o’zgarishi orqali hosil qilinadi.

 

Oddiy daraja

Qiyosiy daraja

Orttirma daraja

Yaxshigoodbetterthe best
Yomonbadworsethe worst
Uzoqfarfartherthe farthest
Kam, ozlittlelessthe least
Ko’pmuch / manymorethe most

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, “yaxshi” sifatining oddiy darajasi good, qiyosiy darajasi better (goodder emas!) va orttirma darajasi the best (the gooddest emas!) bo’ladi. Hamda jadvaldagi boshqa sifatlar ham huddi shu qoida bo’yicha o’zagidan o’zgarib darajalanadi.

 


13.12.2013
Просмотров (764)