Orin-joy predloglari
O’rin-joy predloglari (prepositions of location/place)ga asosan AT, IN va ON predloglari misol bo’la oladi. Bu predloglar narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini anglatadi. Har bir predlogni alohida ko’rib chiqamiz:
AT – “yonida” deb tarjima qilinadi. Ko’pincha o’zbek tilidagi “-da” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. AT predlogi qatnashgan iboralarga e’tibor bering:
at the door – eshik yonida | at home – uyda |
at the desk – parta yonida | at the lesson – darsda |
at the window – deraza yonida | at the cinema – kinoteatrda |
at the church – cherkov yonida | at the hotel – mehmonxonada |
at the tree – daraxt yonida | at the bus-stop – avtobus bekatida |
IN – “ichida” deb tarjima qilinadi. IN predlogi narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini biror narsaning ichida ekanligini bildiradi. IN predlogi bilan ifodalangan iboralarni diqqat bilan o’rganib chiqing va predlogning ishlatilishiga e’tibor bering:
in the box – quti ichida | in a magazine – jurnalda |
in the hotel – mehmonxonada | in the room – xonada |
in the newspaper – gazetada | in the book – kitobda |
in Uzbekistan – O’zbekistonda | in my mouth – og’zimda |
in the water – suvda | in the garden – bog’da |
ON – “ustida” deb tarjima qilinadi. ON predlogi narsa-buyum yoki shaxsning yuzaga nisbatan joylashuvini bildiradi. “Yuzaga nisbatan” deyilganda, masalan, stol usti (yuzasi)da, devor (yuzasi)da, shift (yuzasi)da kabi joylashuvlar tushinilishi kerak. ON predlogi qatnashgan iboralarni o’qing:
on the table – stol ustida | on the roof – tomda |
on horseback – otda | on a bus – avtobusda |
on the left – chapda | on the carpet – gilamda |
on the page – sahifada | on the wall – devorda |
on the ceiling – shiftda | on the way – yo’lda |
O’rin-joy predloglaridan tashqari huddi shu ON, IN va AT predloglari vaqtga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida vaqt predloglari mavzusida bilib olishingiz mumkin. O’rin-joy predloglariga ta’luqli har qanday savollaringizni quyidagi forma orqali yozib qoldiring va men savollaringizga 24 soat ichida javob qaytaraman!