Gerund – bu fe’lning shaxssiz shakli hisoblanadi. Gerund infinitiv shaklidagi fe’lga “-ing” qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi. Ingliz tilida gerund shaklida bo’lgan fe’l o’zbek tiliga “-ish” yoki “-ash” qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday holatda fe’lning otlik xususiyati kuchliroq bo’ladi.
Masalan: Reading is useful – Ishlash foydalidir.
Gerund quyidagi hollarda ishlatiladi:
- Maxsus fe’llardan keyin;
- Predloglardan keyin (on, at, of, in, about va h.k.);
- Egalik olmoshlaridan keyin.
Gerundning gaplarda ishlatilishiga quyidagi misollarni ko’rib chiqamiz. Bu gaplarda yuqoridagi Gerund ishlatilishining uchta holatiga e’tibor bering:
- I can’t afford buying a car – Mening mashina sotib olishga qurbim yetmaydi (afford – o’zidan keyin gerund keladigan maxsus fe’llardan biri);
- Tom is interested in playing computer games – Tom kompyuter o’yinlari o’ynashga qiziqadi (in predlogidan keyin gerund ishlatilgan);
- I like his singing – Menga uning kuylashi yoqadi (his – egalik olmoshi).
Yuqoridagilar Gerund mavzusi haqida eng qisqa va tor qamrovli ma’lumot edi. Mavzuni o’rganishda davom eting. Hammamiz ham o’rganayapmiz. Muhimi ilm olish yo’lida charchamaslik! Gerundga oid savollaringizga javob berishdan har doim xursandman!