Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

Vaqt predloglari




Bu maqolada AT, ON va IN predloglarini vaqtga nisbatan ishlatilishi (prepositions of time)ni ko’rib o’tamiz. Boshqa maqolamizda huddi shu prodloglarini o’rin-joy predloglari sifatida ko’rib o’tgan edik. Vaqtga nisbatan yuqoridagi predloglarni ishlatganimizda o’zbek tiliga bu predloglar “-da” qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. Yuqoridagi har bir predlogning alohida vaqt turlariga nisbatan ishlatilish qoidalari bor.

AT predlogi aniq vaqt va soatlarga nisbatan ishlatiladi. Masalan:

  • at 10:30 – soat 10:30 da;
  • at night – tunda;
  • at half past eight – soat sakkiz yarimda.

ON predlogi hafta va oy kunlariga nisbatan ishlatiladi. Masalan:

  • on May 13 – 13-mayda;
  • on Monday – dushanba kuni;
  • on Monday night – dushanba kuni tunda.

IN predlogi katta davrlar: oylarfasllaryillar va asrlarga nisbatan ishlatiladi. Masalan:

  • in September – sentyabr oyida;
  • in spring – bahor faslida;
  • in 1988 – 1988-yilda;
  • in 16 century – XVI asrda.

Yuqoridagi keltirilgan misollarda predloglarning faqat tor doiradagi vaqtga nisbatan bo’lgan holatlardagina ishlatilishi ko’rsatilgan. Bulardan tashqari AT, ON va IN predloglari ibora bo’lib kelgan holatlarda ham vaqtni ifodalashi mumkin. Bu haqida keyingi darslarimizda ko’rib o’tamiz.

13.12.2013
Просмотров (660)