Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

MUY NOT yoki MUST NOT




MAY NOT o’zbek tilida “mumkin emas” deb tarjima qilinishi mumkin. Quyidagi misollarga e’tibor bering:

  • You may not enter my room without permission – Siz mening xonamga ruxsatiz kirishingiz mumkin emas.
  • The students may not bring their cell phones to the class – Talabalar uyali telefonlarini darsga olib kelishlari mumkin emas.
  • The equipment may not be used without company’s written permission – Jihozlar kompaniyaning yozma ruxsatisiz foydalanilishi mumkin emas.

Yuqoridagi misollarning barchasida MAY NOT ta’qiqlash, mumkin emaslik ma’nolarida ishlatilgan. Ammo MAY NOT har doim ham bunday holatda ishlatilavermaydi.

Bundan tashqari MAY NOT “sodir bo’lmasligi mumkin”, “bajarilmasligi mumkin”, “ehtimol … bo’lmas” degan ma’nolarda ham ishlatilishi mumkin. Quyidagi gaplarga e’tibor bering:

  • Tom may not come tomorrow – Tom ertaga kelmasligi mumkin (ehtimol u ertaga kelmas).
  • I may not be able to help you with your problem – Men sizning muammongiz bilan sizga yordam bera olmasligim mumkin (ehtimol sizga yordam bera olmasman).
  • It may not rain today – Bugun yomg’ir yog’masligi mumkin (ehtimol bugun yomg’ir yog’mas).

MAY NOTning ta’qiqlash va ehtimollikning inkor bo’lgan shakllarda ishlatilishini yuqoridagi misollarda ko’rib o’tdik. Endi MUST NOT haqida o’rganamiz.

MUST NOT o’zbek tiliga “bajarmaslik kerak”, “bajarish ta’qiqlanadi” deb tarjima qilinishi mumkin. Quyidagi misollarni o’qing:

  • You must not walk on the grass – Siz o’tning ustida yurmasligingiz kerak (ta’qiqlanadi).
  • They must not come late – Ular kechikmasligi kerak (kechikishlari ta’qiqlanadi).
  • I must not let him do that – Men uning bu ishni bajarishiga yo’l qo’ymasligim kerak.

Endi yuqoridagilardan kelib chiqib, MAY NOT va MUST NOT modal fe’llarining ikkalasida ham “bajarmaslik kerak”, “bajarish mumkin emas/ta’qiqlanadi” degan ma’nolar bo’lganligi sababli har qanday o’rganuvchida ta’qiqlashga nisabatan qaysi birini ishlatish borasida chalkashlik yuzaga kelishi mumkin.

Agar bitta testda ta’qiqlashga nisbatan MAY NOT va MUST NOT variantlari berilgan bo’lsa, ta’qiqlashga nisbatan MUST NOT varianti to’g’ri deb olinadi, MAY NOT esa ehtimollikning inkor shakli deb qaraladi. Quyidagi testga e’tibor bering:

(Menejerning buyrug’iga ko’ra siz idorada jinsi shim kiymasligingiz kerak/kiyishingiz ta’qiqlanadi)

According to the manager’s order, you … wear jeans in the office.

a) MAY NOT b) MUST NOT c)??? d)???

Yuqoridagi testda “menejer ofisga jinsi shim kiyib kelishni ta’qiqlagan” degan mano bor. Demak, bu ta’qiqlash/bu ishni bajarmaslik kerak. Bizda ikkita bir-biriga yaqin ma’nodagi javob bor. Bunday holatlarda ta’qiqlashga nisbatan B javob, ya’ni, MUST NOT javobi olinadi. To’g’ri javob:

According to the manager’s order, you must not wear jeans in the office.

Testdagi MAY NOT javobi esa ehtimollikning inkor shakli deb qaraladi. Agar yuqoridagi testga MAY NOT javobini qo’ysak, natijada test noto’g’ri bajariladi va quyidagicha noto’g’ri tarjima kelib chiqadi:

According to the manager’s order, you may not wear jeans in the office.

Menejerning buyrug’iga ko’ra, siz ehtimol idorada jinsi kiymasligingiz mumkin (balki jinsi kiymassiz).

Hammamiz ham o’rganayapmiz. Haqiqatni izlashda davom eting!

13.12.2013
Просмотров (267)